| Bosh | Galereya | Fuqarolarning murojaatlari | Xizmatlar |           Uzb     Rus     Eng 
  Hududiy qo'mitalar
Tashkilot va bo'linmalar
   

Tabiatni asrang - bu umumiy uyimiz!

Yangiliklar
17-08-2012 18:08
Xalqaro yiliga bahishlangan "Respublikada qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tadbiq qilish tajriba va istiqbollari"

Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi, "EKOSAN" xalqaro jamoat fondi, "Chinor" Ekologik nashriyot kompaniyasi 2012 yil 10 avgust  kuni Ozbekiston Milliy matbuot markazida  2012 yil - "Barqaror energetika barcha uchun" Xalqaro yiliga bahishlangan "Respublikada qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tadbiq qilish tajriba va istiqbollari" mavzusida matbuot anjumanini  otkazdi.                   

Matbuot anjumani ishida qator vazirlik, idora, jamoat tashkilotlari vakillari, energetika sohasidagi faoliyat yuritayotgan olim va mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Energetika har bir odamning va umuman jamiyatning hayotida muhim orin tutadi. Songi 40 yillarda odamlarning energiyaga bolgan talabi sezilarli darajada oshdi, shu davrda butun insoniyat tarixi davomida qazib olingan organik yoqilhidan ham koproq yoqilhi qazib olindi.  Bugungi kunda yiliga tabiiy yoqilhi ishlatish miqdori dunyo boyicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga tohri keladi (taxminan bir kishiga 2 tonna).


batafsil..
03-08-2012 14:46
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar diqqatiga Respublika tabiatni muhofaza qilish jamg’armasi loyihalar qabulini e’lon qilmoqda

Ozbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi 2012 yilning 1 avgustidan boshlab, 2013 yilda Respublika tabiatni muhofaza qilish jamg’armasi hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy - tadqiqot, meyoriy - uslubiy ishlarni, hamda tabiatni muhofaza qilish va tashkiliy tadbirlar Dasturini shakllantirishni boshladi.


batafsil..
19-06-2012 16:11
Hisor qo’riqxonasi hududiga mediatur

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, "EKOSAN" xalqaro fondi va"Chinor" Ekologik nashriyot kompaniyasi 2012 yil 17-19 iyun kunlari Hisor qo’riqxonasi hududiga mediatur tashkil qildi. Navbatdagi mediatur Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining "Jamoatchilikning atrof-muhit va barqaror rivojlanish borasida bohabarligini oshirish" loyihasi va Atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish mavzusidagi eng yaxshi jurnalistik ishi "Qoplon 2012" Respublika tanlovi doirasida tashkil qilindi. Mediatur ishtirokchilari, jumladan respublika gazeta, radio va televideniye jurnalistlari O’zbekistonning eng katta qo’riqxonasi hisoblangan "Hisor" qo’riqxonasining Miraki uchastkasiga yo’l oldilar. Hozirga vaqtda qo’riqxona 80 ming gektardan ziyod maydonni egallaydi. U 20 asrning 80-yillarida Qizilsuv va Miroqi davlat qo’riqxonalarining qo’shilishi natijasida tashkil qilingan. "Hisor" davlat qo’riqxonasi O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tasarrufida.


batafsil..
19-06-2012 13:58
Xorijiy investitsiya va xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar huquqini himoya qilishni yanada kuchaytirish

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Xorijiy investitsiya va xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalarning huquqiy himoyasi" mavzusida o’tkazilgan seminar yurtimizda xorijiy investitsiya muhitini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy ijrosiga qaratildi. Tadbirda Savdosanoat palatasi, tabiatni muhofaza qilish, bank, soliq, bojxona, shuningdek, turli yo’nalishda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar vakillari ishtirok etdi.Har qanday mamlakat iqgisodiyotida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar muhim o’rin tutadi. Respublikamizning iqtisodiy va eksport salohiyatini mustahkamlashda xorijiy investitsiyalardan kengroq foydalanishga katta ahamiyat qaratilmokda.


batafsil..
07-06-2012 09:11
O’zbekistonda atrof-muhit muhofazasi: hozirgi kun holati va taraqqiy etish yo’li

2012 yil 6 iyun kuni Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti tomonidan Butunjaxon atrof muhit kuniga bag’ishlangan "O’zbekistonda atrof-muhit muhofazasi: hozirgi kun holati va taraqqiy etish yo’li" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi. Mazkur seminarning ochilishiga bag’ishlangan yalpi majlisda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi (N.Shokirov), Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi xodimlari, O’zbekiston ekologik xarakati Markaziy Kengashi ijroiya qo’mitasi raisi o’rinbosari (Snginov), Agroekobiotexnologiya professori (L.G’ofurova), TIMI, Milliy Universitet rektori, professor va o’kituvchilar shuningdek Erasmus Mundus loyixasining O’rta Osiyodagi elchisi (Norbert Justen), Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi xodimlari (M.Agzamov, SH.Usmanova) o’z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.


batafsil..
22-05-2012 18:49
"Ekomuvozanat" gazetasi o‘z faoliyatini boshladi

2012 yil 1 maydan Toshkent viloyati Tabiatni muhofaza qilish homitasi muassisligida "Ekomuvozanat" gazetasi oz faoliyatini boshladi. Gazeta sahifalarida tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar, malumotlar, tabobot olamidagi yangiliklar, "Qizil kitob"ga kiritilgan flora va fauna dunyosi haqidagi malumotlarni o‘qishingiz mumkin. Bundan tashhari bu gazetada ozingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

17-05-2012 18:43
Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvni (KMXBSYO) amalga oshirish uchun ustivor yo’nalishlarni aniqlash va boshqarish bo’yicha Milliy forum hamda Harakatlar rejasini ishlab chiq

14-16 may kunlari Toshkent shahrida «Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvni (KMXBSYO) amalga oshirish uchun ustivor yonalishlarni aniqlash va boshqarish boyicha Milliy forum hamda Harakatlar rejasini ishlab chiqish boyicha konikmalarni rivojlantirishga qaratilgan seminar» bolib otdi. Forumni Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi YUNITAR bilan hamkorlikda "Kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish uchun integratsiyalashgan milliy dasturni ishlab chiqish va Ozbekiston Respublikasida Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvni (KMXBSYO) amalga oshirish" loyihasi doirasida tashkil etdilar.


batafsil..
11-01-2012 12:30
O’zbekiston: muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining O’rmon xo’jaligi Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 11 yanvar kuni qo’riqxonalar va milliy bog’lar kuni munosabati bilan "O’zbekiston: muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi" mavzusida davra suhbatini tashkil etdilar. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi O’zbekistonning biologik xilma-xilligini muhofaza etishda asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekistonning Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimiga 8 ta davlat qo’riqxonasi, Quyi-Amudaryo biosfera rezervati, 2 ta milliy tabiat bog’, 9 ta buyurtmaxona va jonivorlarning noyob turlarini ko’paytirish bo’yicha respublika "Jayron" ekomarkazi kiradi. Mazkur tizimda davlat tabiat qo’riqxonalari asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat qo’riqxonalari hududlari qatiy muhofaza rejimi ostida bo’lib, unda yil davomida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish borasida kuzatuvlar olib boriladi. Qo’riqxonalarning asosiy maqsadi qimmatli tabiiy ob’yektlar, landshaftlar, noyob va qimmatli o’simliklar hamda hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdir. Bugungi kunda qo’riqxonalarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar aholi o’rtasida muhofaza etiladigan yovvoyi tabiat boyliklarining muhimligini anglash, Yer yuzidagi hayotni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o’rni bilan bog’liq keng targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishga davat etilgan.


batafsil..
06-12-2011 12:08
Transport ekologiyasining huquqiy asoslari va yo’l harakati xavfsizligi

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Toshkent avtomobil yo’llari instituti (TAYI), Innovatsion texnologiyalar va ekologik novatsiyalar markazi hamda TAYI qoshidagi Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi hamkorlikda joriy yilning 6 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlab "Transport ekologiyasining huquqiy asoslari va yo’l harakati xavfsizligi" mavzusida uchrashuv tashkil etdilar.Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi, Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasining Ekoharakt deputatlar guruhi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent avtomobil yo’llari instituti hamda Toshkent davlat yuridik instituti, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdilar.Konstitutsiyamizning 50-moddasi fuqarolarning atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majbur ekanliklari, 55-modda esa ulardan oqilona foydalanish zarurligini mustahkamlab qo’ygan. Konstitutsiyaning mazkur tamoyillarga muvofiq milliy ekologik qonunchilik rivojlanmoqda, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy nazorati amalga oshirilmoqda.

 


batafsil..
29-11-2011 11:45
Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuv

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan joriy yilning 29 noyabr kuni Toshkent shahrida "Kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish uchun integratsiyalashgan milliy dasturni ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasida Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvni (KMXBSYO) amalga oshirish" loyihasinining bajarilish rejasiga muvofiq "Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuv. O’zbekistonda Milliy profilni tayyorlash" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar ishida kimyo sohasidagi mutaxassislar, vazirliklar, idoralar hamda jamoat tashkilotlari, yirik sanoat korxonalari vakillari, ekolog olimlar hamda OAV lari ishtirok etdilar.Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, ishlab chiqarishni kengaytirish hamda kimyoviy moddalarni qo’llash kontekstida inson salomatligi va atrof - muhit holatini yaxshilashda avvalo kimyoviy moddalarni xafvsiz boshqarish talab etiladi.Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvaholi salomatligini taminlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik doirasidagi muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.


batafsil..

Web - mail
United Nations Development Programme

United Nations Environment Programme

Global Environment Facility

The World Bank Group

The Organization for Security and Co-operation in Europe

Europa House

    Copyright © 2021, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi web-portali Ishlab chiqarish studiyasi MD.UZ